TQ bo'yicha ariza qanday beriladi?

Слайд1

Sportchi toifasini aniqla.

            Terapevtik foydalanishning xalqaro standartiga muvofiq, sportchida terapevtik foydalanishga ruxsat (TQ) mavjud bo'lsa, davolanish uchun taqiqlangan ro'yxatdagi moddalar yoki usullardan foydalanish huquqiga ega.

Xalqaro darajada bo'lmagan sportchilar TQ uchun UzNADAga so’rov yuborishadi. Xalqaro darajadagi sportchilar esa so’rovlarini tegishli xalqaro sport federatsiyalariga yuborishadi.

O'zbekiston Respublikasi Milliy antidoping qoidalarining 1.4 bandiga asosan, quyidagi shaxslar milliy toifadagi sportchi deb tan olinadi: 

- Milliy chempionatlarda ishtirok etadigan yoki milliy chempionatlar uchun saralash musobaqalarida qatnashadigan sportchi 

Va / yoki

- O'zbekistonni halqaro miqyosda vakillik qilish yoki O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga kirishi mumkin bo'lgan sportchi. 

- Xalqaro miqyosdagi O'zbekistonni vakili bo'lgan, lekin Xalqaro sport federatsiyasining hisobidagi testlash ro'yhatiga kiritilmagan sportchi 

Va / yoki

- Sport tashkilotlaridan to'g'ridan to'g'ri yoki bilvosita moliyaviy ko'mak yoki davlat tomonidan sport subsidiyalar oladigan sportchi 

Va / yoki

- UzNADA xisobidagi testlash ro'yhatiga kiritilgan sportchi. 

Xalqaro toifadagi sportchi: 

- Yuqoridagi ko'rsatkichlardan o'rin olmagan va Xalqaro test o'tkazish va surishtirish bo'yicha standartga muvofiq Xalqaro federatsiya tomonidan belgilangan tartibga asosan Xalqaro darajada musobaqalarda ishtirok etuvchi sportchi. 

Milliy yoki xalqaro darajaga ega bo’lmagan sportchilar bo'lmagan sportchilar TQ so'rovnomasini oldindan topshirishi shart emas va salbiy tahlil natijalari to'g'risida xabar olgandan keyin besh ish kuni ichida retroaktiv TQ talablarini yuborish huquqiga ega.

TQ so'rovi terapevtik foydalanishning xalqaro standarti va so'rov paytida amaldagi O'zbekistonning antidoping milliy qoidalari talablariga javob berishi kerak.

TQ to'g'risidagi so'rovga batafsil kasallik tarixi, jumladan, dastlab tashxis qo'ygan (agar iloji bo'lsa) shifokorlardan hujjatlar va laboratoriya va klinik tadqiqotlar natijalari, shuningdek TQ uchun ushbu so'rovga tegishli bo'lgan tasviriy tadqiqotlar ilova qilinishi kerak.

Слайд3

TQ uchun ruxsat olish talablari:

- Taqiqlangan modda va / yoki taqiqlangan usul o'tkir yoki surunkali kasallikni davolash uchun zarur va bu taqiqlangan moddani va / yoki taqiqlangan usuldan foydalanmaslik sportchining sog'lig'ini sezilarli darajada yomonlashtirsa;

- Ta'qiqlangan moddani yoki taqiqlangan usulni terapevtik ravishda qo'llash, o'tkir yoki surunkali kasallikni davolashdan keyin sportchining sog'lig'ini yaxshilash bilan bir qatorda, sport natijalarining ham yaxshilanishga olib kelishi mumkin;

- taqiqlangan moddani va / yoki taqiqlangan usulni qo'llashni o’rniga boshqa o’rnini bosuvchi vosita yoki usulning mavjud emasligi;

Tibbiy ko'rsatmalarga ko'ra taqiqlangan modda va (yoki) taqiqlangan usuldan foydalanish kerak bo'lgan sportchi, ushbu moddani va (yoki) usulni ishlatishdan yoki ega bo'lishdan oldin TQ ruxsatnomasini olishi kerak. Ruxsatga muhtoj bo'lgan sportchi iloji boricha tezroq TF uchun so'rovini yuborishi kerak. Musobaqa davrida taqiqlangan moddalar uchun TF so'rovi tanlov davri boshlanishidan kamida 30 kun oldin topshirilishi kerak.

Sportchiga quyidagi holatlarda retroaktiv TQ ruxsatnomasi berilishi mumkin (taqiqlangan modda va / yoki usuldan foydalangandan keyin):

a) shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatilganda yoki sog'lig'i keskin yomonlashganda;

b) agar favqulodda holatlar tufayli sportchi so'rov yuborish va terapevtik qo’llash bo'yicha komissiya (TQK) namunani olishdan oldin so'rovni ko'rib chiqish uchun yetarli vaqt yoki imkoniyat mavjud bo’lmagan holatlarda;

v) sportchi milliy va xalqaro darajadagi sportchi hisoblanmasa;

d) WADA va UzNADA adolatlilik printsipi asosida TQ uchun retroaktiv ruxsat berilishiga rozi bo’lsalar.

TQ yoki TQ to'g'risidagi qarorni qayta tasdiqlash uchun so’rov bergan sportchi yozma ravishda quyidagilarga rozilik bildirishi kerak:

a) TF so'rovi bilan bog'liq barcha ma'lumotlarni TQ so'rovini ko'rib chiqish vakolatiga ega bo'lgan barcha TQK a'zolariga, boshqa mustaqil tibbiy yoki ilmiy ekspertlarga, shuningdek so'rovni qayta ishlash, ko'rib chiqish yoki shikoyat qilish bilan shug'ullanuvchi barcha xodimlarga (WADA xodimlari ham) yuborish;

b) sportchining o’zi va shifokori tomonidan TQK a'zolariga uning sog'lig'iga oid, TQK so'rovni ko'rib chiqish va qaror qabul qilish uchun zarur deb hisoblagan, har qanday ma'lumotni bayon qilishiga;

v) sportchini sinab ko'rish va (yoki) natijalarni qayta ishlash vakolatiga ega bo'lgan barcha antidoping tashkilotlariga so'rov bo'yicha ma'lumot tarqatishga;

TQK arizani ko'rib chiqish uchun zarur deb hisoblagan har qanday qo'shimcha ma'lumotlar, tahlillar, vizual tadqiqotlar va boshqa ma'lumotlar sportchi yoki uning shifokoridan talab qilinishi mumkin. Zarur bo’lgan hollarda TQK boshqa tibbiy yoki ilmiy mutaxassislardan yordam so'rashi mumkin.

TQK imkon qadar tezroq TQ uchun ruxsatnoma berish yoki rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi. Odatda (agar istesno holatlari yuzaga kelmasa), qaror so'rov to'liq rasmiylashtirilgan kundan boshlab 21 kun ichida qabul qilinadi.

TQK qarori sportchiga yozma ravishda yetkaziladi va ADAMS tizimiga kiritiladi. Tasdiqlangan TQ ruxsatnomasi, vositaning yoki usulning dozasi, foydalanish chastotasi, qo'llanilish usuli va taqiqlangan moddani ishlatish muddati, klinik holatlar, shuningdek ruxsatnomani berish bilan bog'liq har qanday sharoitlar ko'rsatiladi. Ruxsatni rad etish to'g'risidagi qarorga rad etish sabablari ilova qilinadi.

TQ uchun ruxsat olgandan so'ng, sportchi taqiqlangan moddaning dozasini, chastotasini, yo'nalishini yoki qabul qilish vaqtini va (yoki) ruxsatnomada ko'rsatilgan taqiqlangan usulni sezilarli darajada o'zgartirgan bo'lsa, TQ uchun yangi so'rov yuborilishi kerak.

TF uchun har bir ruxsatnomada qat'iy belgilangan amal qilish muddatiga ega va u tugashi bilan ruxsatnoma o’z kuchini yo’qotadi. Agar ruxsatnoma muddati tugaganidan keyin sportchi taqiqlangan moddani yoki taqiqlangan usuldan foydalanishni davom ettirishi kerak bo'lsa, ruxsatnoma muddati tugashidan oldin yangi TQ uchun so'rovini yuborishi kerak, shunda TQK qaror qabul qilish uchun yetarli vaqtga ega bo'ladi.

Agar sportchi ruxsatnomada ko'rsatilgan talablarni yoki shartlarni bajarmagan bo'lsa, TQ ruxsatnomasi muddati tugashidan oldin bekor qilinishi mumkin.

Agar UzNADA tomonidan berilgan TQ ruxsatnomasiga ega bo'lgan sportchi xalqaro darajadagi sportchiga aylansa (har bir xalqaro sport federatsiyasi belgilaganidek) yoki xalqaro sport musobaqasida qatnashsa, quyidagi ruxsatnoma tegishli xalqaro federatsiya tomonidan tan olinmaguncha amal qilmaydi. Sportchi UzNADAga o’zining musobaqalashish darajasi o'zgarish to'g'risida xabar berishi kerak. Bunday holda, UzNADA sportchiga UzNADA tomonidan berilgan TQ ruxsatnomasini tan olish to'g'risida so'rov yuborishda yordam beradi.

Слайд2

TQ uchun so'rov formasi www.antidoping.uz saytida joylashtirilgan. Sportchilar TQ uchun so'rovnomani UzNADA-ga quyidagi yo'llar bilan topshirishlari mumkin:

- elektron pochta orqali (info@antidoping.uz)

- quyidagi manzilga: 100027, Toshkent sh. Shayxontohur tumani, Olmazor ko’chasi 6.

NATIONAL SPORT AGAINST DOPING
See More
OUR JUDGES FOR THE DOPING CONTROL
Ҳозирда Ўзбекистон миллий антидопинг қоидаларининг янги таҳрири устида иш олиб борилмоқда
Ҳозирда Ўзбекистон миллий антидопинг қоидаларининг янги таҳрири устида иш олиб борилмоқда. Янги таҳрирдаги Қоидалар Бутунжаҳон антидопинг кодексининг 2021 йил 1 январдан кучга кирадиган янги таҳририга мувофиқлаштирилади.
Коронавирус инфекцияси тарқалишини олдини олиш ва ундан ҳимояланиш бўйича маслаҳатлар
Ўзбекистон Миллий Паралимпия Ассоциацияси спортчиларга, мураббийларга ва ташкилотнинг барча ходимларига янги коронавирус инфекцияси тарқалишини олдини олиш ва ундан ҳимояланиш бўйича қуйидаги маслаҳатларни беради:
Узбекистонлик спортчи Бибигул Менлибаевадан олинган допинг-синама тақиқланган модда аниқланди
Ҳалқаро сузиш федерациясининг расмий баёнотига кўра, Узбекистонлик спортчи Бибигул Менлибаевадан 2019 йил 25 сентябр куни Хиндистонда ўтказилган Осиё Чемпионати давомида олинган допинг-синама ижобий натижа бериб, унда 5-метилгексан-2-амин тақиқланган модда аниқланган. Хозирда спортчи бу холат бўйича якуний хулоса чиқарилгунига қадар спорт фаолиятидан вақтинча четлаштирилиши маълум қилинди.
Barcha yangiliklar
Hamkorlar
100027, Тошкент ш, Шайхонтохур тумани, Олмазар кучаси, 6